JW BIO SCIENCE 1972 yilda tashkil topgan bo‘lib, o‘zini Koreya tibbiyot bozorining asosiy ishtirokchisi sifatida ko‘rsatdi. Kompaniya eng zamonaviy, patentlangan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va nufuzli xalqaro kompaniyalarning sinchkovlik bilan tanlab olingan import mahsulotlarini yetkazib beradi.

Yangi texnologiyalarni yaratishga doimiy sarmoya kiritish va yetakchi mutaxassislarni jalbetish natijasida JW BIO SCIENCE zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar inkubatorlari, LED fototerapiya uskunalari, operatsion stollar, LED jarrohlik uskunalari, jarrohlik yoritgichlari, raqamli rentgen nurlari, ginekologik stollar va sterilizatorlar ishlab chiqarishga eʼtibor qaratmoqda. Kompaniya biokimyo bo‘yicha izlanishlarini va investitsiyalarini kengaytirdi, shuningdek iqtisodiy samarador, aniq natijalarni beradigan va jahon bozoriga eksport qilinadigan bir qator immunokimyoviy va molekulyar diagnostika reagentlarini ishlab chiqdi.

JW BIO SCIENCE hayotni hurmat qilish va innovatsion ruhni o‘z ichiga olgan tashkiliy tamoyillar asosida sog‘liqni saqlash xizmatlarini rivojlantirishga intiladi. Kompaniyaning maqsadi dunyodagi yetakchi sog‘liqni saqlash kompaniyalari bilan hamkorlik qilish orqali tibbiy farovonlikni targ‘ib qilishdir. Bu esa fan va texnologiyalarning so‘ngi yutuqlariga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi - 3D mamografi va ochiq magnit-rezonansli tamografiya bunga yaqqol misoldir.

JW BIO SCIENCE kompaniyasi xalqaro bozorga chiqishga tayyor. Kompaniyaning global strategiya mijozlarga xizmat ko‘rsatish va mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlarni doimiy yo‘lga qo‘yishni o‘z ichiga oladi. Kompaniya faoliyatining ilk kunlaridanoq chet el bozorlarida tan olingan, sezilarli yutuqlariga ega, chunki u ishlab chiqaradigan mahsulotlar butun dunyo bo‘ylab tan olingan SE sifat sertifikatiga ega. Bu kompaniyaga jahon bozoriga chiqish uchun yana-da ko‘proq yangi mahsulotlarni tayyorlash imkonini beradi.

Mahsulotlar

Ko'rsatilgan 10 ning 10

JW-W2000 yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun isituvchi uskuna

JW Bio Science, Janubiy Koreya

Ochiq reanimatsiya tizimi

JW-T7000 operatsion stoli

JW BIO SCIENCE., Janubiy Koreya

Operatsiya stoli

JW-T2000 operatsion stoli

JW BIO SCIENCE., Janubiy Koreya

Operatsiya stoli

Tibbiy maqsadlar uchun CHS-EV aspiratori

JW BIO SCIENCE, JANUBIY KOREYA

Aspiratorlar

Tibbiy maqsadlar uchun CHS-708 aspiratori

JW BIO SCIENCE, JANUBIY KOREYA

Aspiratorlar

JW-W2000 yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun isituvchi uskuna

JW Bio Science, Janubiy Koreya

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun reanimatsiya tizimi

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun CHS-i1000 inkubatori

JW Medical, Janubiy Koreya

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun inkubatorlar

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun JW-TI1000 transport inkubatori

JW Medical, Janubiy Koreya

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun inkubatorlar

CHS EX820 Ginekologik kreslosi

JW MEDICAL korporatsiyasi, Janubiy Koreya

Ginekologik kreslolar

JW-G2000 Ginekologik kreslosi

J.W. Medical, Janubiy Koreya

Ginekologik kreslolar