METRAX GmbH (PRIMEDIC)– innovatsion tibbiy texnologiyalar kompaniyasi, favqulodda tibbiyot sohasida eng birinchilardan bo‘lish uchun butun dunyo bo‘ylab o‘z tarmoqlarini kengaytirmoqda. 1973 yildan buyon kompaniya aqlli tibbiy texnologiyalar ustida olib borilayotgan katta tajribalarni so‘nggi klinik tadqiqotlar bilan birlashtirmoqda, kompaniya PRIMEDIC brendi ostida sinovdan o‘tgan professional avtomatik defibrilatorlarni loyihalash va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Innovatsion yondashuv va ko‘p yillik tajriba kompaniyaning kundalik tadqiqot ishlarining ilhom manbai hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy maqsadi odamlarning sog‘lig‘i va hayotini saqlab qolishdir. Kompaniyaning barcha harakatlari odamlarning sog‘lig‘i va farovonligini yaxshilashga qaratilgan.

Malakali xodimlarning bilim va tajribasi qurilma va tizimlarning sifati va yuqori texnik meʼyorlarida o‘z aksini topgan. METRAX mahsulotlaridan butun dunyoda foydalaniladi. Shuningdek kompaniya 40 yildan ortiq vaqt davomida mijozlarga maslahat berib, xizmat ko‘rsatib va o‘qitib kelmoqda.

Kompaniya tez tibbiy yordam va reanimatsiya uchun quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi:

* Uyda, jamoat joylari, sport tashkilotlari va qariyalar uylarida foydalanish uchun asboblar: HeartSave One, HeartSave PAD, HeartSave AED, HeartSave AS va ularning aksessuarlari.

* Professional foydalanish uchun moslamalar. Kasalxonalar, klinikalar, shifokorlar, tez yordam tashkilotlari, avariya va qutqaruv xizmatlari uchun mo‘ljallanganmahsulotlar: HeartSave AED-M, HeartSave 6/6S, DefiMonitor XD, DefiMonitor EVO va ularning aksessuarlari.

Mahsulotlar

Qayta zaryadlash funksiyasiga ega PRIMEDIC Defi-B mobil Defibrilator qurilmasi

Metrax GmbH, Germaniya

Defibrillyatorlar