MGB Endoskopische Geräte GmbH Berlin korxonasi minimal invaziv jarrohlik amaliyoti tarixida birinchi nemis ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. 1906 yilda ushbu korxona tashkil topishida Georg Wolf GmbH korxonasi bosh boʻlgan. Instrumentlar va qattiq endoskopiya uchun jixozlar ishlab chiqarish boʻyicha 100 yildan ortiq muddatda tajribaga ega boʻlganligi tufayli MGB korxonasi inson uchun tibbiyotning bir nechta yoʻnalishlari boʻyicha keng turdagi innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishga erishgan. Qattiq endoskoplar va videoobektivlarni ishlab chiqarish vakolatidan tashqari, MGB korxonasi vizuallashtirish va yorugʻlik texnikasi, hamda CO2 insuflyatorlari, integratsiya qilingan moslamalar, keng diapazondagi endoskopik jarrohlik amaliyotlari uchun yuqori chastotali generatorlarni ham ishlab chiqarish bilan suhugʻullanadi.

Zamonaviy texnologiyalarga tayangan xolda MGB korxonasi yangicha yondashuvlarni izlovchi va serdaromad tibbiyotda sifatli qarorlarni yoʻlga qoʻyuvchi yetakchi xalqaro klinikalar va tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qiladi. MGB korxonasi EN ISO 13485 Evropa sifat standarti boʻyicha sertifikatga ega va oʻz mavqeiga ega holda «Made in Germany» markirovkasi ostida turli mahsulotlar bilan taʼminlaydi.

Mahsulotlar

FENCER III laparoskopik bloki

MGB Endoskopische Geräte GmbH, Germaniya

Laparoskopiya