Biz haqimizda

Hozirgi kunda tibbiyot muassasalarining ish faoliyatini tibbiy uskunalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi, huddi shu sababli biz  oʻzimizni - fuqarolar sogʻligʻini muhofaza qilish boʻyicha yoʻnaltirilgan katta bir vazifaning muhim bir qismi sifatida tasniflay olamiz. Biz barcha shifokorlar, hamda boshqa tibbiyot xodimlarining mehnatlarini qadrlaymiz va ularni - inson hayotini saqlab qolish kabi mashaqqatli mehnatlarini qoʻllab quvvatlashga tayyormiz. Aynan shu tufayli, biz yurtimiz uchun butun dunyo boʻylab faqatgina yillar davomida sinalgan va minglab qutqarib qolingan hayotlar koʻrsatgichlari boʻyicha eng ilgʻor texnologiyalarni tanlaymiz. Bizda bemorlar bilan bir qatorda, tibbiy xodimlarimizning uskunalarimiz bilan ishlashlarida qulayliklarni taminlash maqsadida, uskunalarning qulayliklari va ergonomik hususiyatlariga katta ahamiyat koʻrsatiladi. Bizning texnika yordamida bemorlarning muammolariga nisbatan yanada e'tiborliroq yondashishga, natijada esa kasalliklar alomatlarini oʻtkazib yuborishga umuman imkoniyat qoldirilmaydi.

Oʻrdamed tomonidan olib kelingan tibbiyot uskunalari betoʻxtov ishlashlari uchun, xizmat koʻrsatish boʻyicha muxandislar va maxsulot boʻyicha menejerlarmiz oʻz mehnat faoliyatlarini tinmay olib bormoqdalar. Biz, uskunalarimiz insonlar hayotini saqlab qolish uchun ishga mutloq tayyor ekanliklari boʻyicha toʻliq javobgarmiz.

Tibbiy uskunalarni avtomatlashtirish, hamda kompyuterlashtirish tibbiyotdagi eng soʻnggi yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu yoʻnalishlarda ham Oʻrdamed ortda qolayotgani yoʻq. Xalqaro  koʻrgazmalar va kongresslarda doimiy ravishda qatnashib kelishimiz tufayli, biz ilgʻor texnologiyalar bilan sodir boʻlayotgan yangiliklarni kuzatib boramiz, hamda yangiliklarlarni zudlik bilan oʻrganamiz va shifokorlarni ular bilan tanishtirib boramiz. Dunyo yangiliklarini Qozogʻiston uchun moslashtirgan holda, Oʻrdamed zamonaviy tibbiyot sanoatidagi eng soʻnggi oʻzgarishlarni shifokorlarga oʻz vaqtida yetkazish uchun, u tibbiyotga oid hech qanday tadbirlarni oʻtkazib yubormaydi. Davlatimizning har bir burchagida, dunyo sanoatining imkoniyatlarini tibbiyot muassasalariga tinmay yetkazib berayotgan vakillarimizni koʻrishingiz mumkin. Aynan shuning uchun biz oʻzimizni gʻurur bilan "OʻRDAMED" deb atay olamiz va " Hayot uchun sogʻlom texnologiyalar" shiori ostida oʻz maqsadimiz sari olgʻa bormoqdamiz!!!

Ushbu yuqori  darajadagi maqsadlarga erishish uchun, biz ish faoliyatimiz davomida barqaror ravishda Oltin qoidaga rioya qilamiz: Tajriba, Epchillik va Masuliyat. 

- Bemorlarimizga yanada yahshiroq gʻamxoʻrlik koʻrsatish maqsadida, biz shifokorlarimiz va xodimlarimiz tajribalarini doimiy ravishda oshirib boramoqdamiz.

- Biz bemorlar, shifokorlar va vaqt uchun zarur boʻlgan barcha yetishmovchiliklarga, hech bir insonning hech bir soniyasi ohirgi soniya boʻlmasligi uchun zudlik bilan etibor qaratamiz.

- Biz shifokorlar va bemorlar oldida, texnologiyalar bilan taʼminlab berayotgan kasalxonalarimiz va ularning faoliyatlari uchun shaxsan javobgarmiz.

Oʻrdamed - bu oddiy kompaniya emas, ushbu kompaniya bizning hayotimiz mazmuni. Har bir yangi nafas va insonning quvonchi, qilgan mehnatimiz uchun mukofotdir. Oʻz yaqinini yana bir bor koʻrishlik baxti - bu bizning asosiy maqsadimizdir! Chunki hayot bizga bir marotaba beriladi!

Qulay to‘lov shartlari

Foizsiz kechiktirib to‘lash imkoniyati (rassrochka)

Kafolatdan keyingi xizmat

Siz barcha turdagi tibbiy uskunalar uchun kafolat muddati tugagandan keyin ham texnik xizmat olishingiz mumkin.

Zavodlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish

Siz sifatli uskunalarni arzon narxlarda olasiz

Sizning muassasangiz uchun maxsus takliflar

Mutaxassislarimizdan yuqori sifatli maslahatlar olasiz.

3 yilgacha kafolat

Har bir tibbiy qurilma uchun 1 dan 3 yilgachakafolat beriladi.

Tajriba va professionalizm

O‘zbekiston bozorida ko‘p yillik tajribamiz davomida biz 1000 dan ortiq loyihani muvaffaqiyatli yakunladik.