Xizmatlar

O‘rnatish

OrdaMed Servis - bu bizning barcha sheriklarimizga kafolat va kafolatdan keyingi xizmatlarni ko‘rsatadigan tibbiy asbob-uskunalar va laboratoriya analizatorlarini o‘rnatish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchi kompaniya.

OrdaMed Servis quyidagi xizmatlarni taklif qiladi:

  • Tibbiy uskunalarni o‘rnatish va ishga tushirish;
  • Foydalanuvchilarni o‘qitish;
  • Sotishdan oldin jihozlarning holatini tekshirish;
  • Doimiy profilaktika va taʼmirlash-diagnostika ishlarini olib borish (shartnoma asosida xizmat ko‘rsatalidigan foydalanuvchilar uchun).

«OrdaMed Servis» yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlangan bo‘lib, ular muntazam ravishda ishlab chiqaruvchilar bazalarida malaka oshiradilar. Ular nafaqat biz yetkazib beradigan uskunalar bo‘yicha katta amaliy tajribaga ega, balki turli xil malaka oshirish kurslari va treninglarida o‘z bilimlari, ko‘nikmalari va mahoratlarini doimiy ravishda oshirib boradilar.

Bu har qanday murakkablikdagi tizimlarni professional ravishda o‘rnatishga imkon beradi va sizga malakali maslahatlarni olish natijasida ish o‘rningizni o‘z ehtiyojlaringizga mos, ishonchli, zamonaviy texnik yechimlardan foydalangan xolda samarali tashkil etish imkoniyatini beradi.

Kafolat

Yetkazib beriladigan barcha uskunalarga, agar yetkazib berish shartnomasida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 37 oylik kafolat muddati belgilangan. Kafolat muddati davomida kompaniya mutaxassislari yetkazib berilgan tibbiy uskunalarning ishlashi bo‘yicha bepul maslahatlar berishadi. Agar uskunalar ishlamay qolsa, xizmat ko‘rsatish muhandislari tomonidan buyurtmachining vakillari bilan birgalikda tuzilgan komissiya ekspertiza o‘tkazadi. Uskunaning buzilish sabablari aniqlanadi, nosozlik haqida bayonnoma tuziladi, agar nosozlik ishlab chiqaruvchining aybi bilan bo‘lgan bo‘lsa, taʼmirlash yoki almashtirish shartnomada belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Bunday holda, kafolat muddatiga uskunaning ishlamay turgan davri qo‘shiladi. Taʼmirlash belgilangan vaqtdan cho‘zilib ketgan hollarda, taʼmirlash muddat birligi kafolatdan keyingi muddatga "issiq almashtiriladi" (bu shartnomada alohida ko‘rsatilgan).

Kafolat muddatidan keyingi xizmat ko‘rsatish

Kafolat muddati tugagandan so‘ng, «OrdaMed Servis» mijozlariga kafolatdan keyingi xizmatni taklif etadi.

Kafolatdan keyingi xizmat ikki variantta amalga oshiriladi:

  • kafolat muddati tugagandan so‘ng belgilangan muddatga xizmat ko‘rsatish shartnomasi (odatda 1 yil, keyinchalik uzaytirilishi mumkin);
  • bir martalik taʼmirlash yoki xizmat ko‘rsatish uchun shartnoma.

Taklif qilingan variantlarning har biri o‘zining afzalliklariga ega.

Belgilangan muddat davomida kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatish shartnomasi «OrdaMed Servis» mijozlarining kafolat muddati tugaganidan keyin ham murakkab uskunalarning uzluksiz ishlashiga ishonchlari komil bo‘lishini taʼminlaydi.

Bu ishonch nimaga asoslanadi?

Quyidagi omillar bo‘yicha:

  • yiliga ikki marta «OrdaMed Servis»  mutaxassislari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish va bashorat qilish maqsadida uskunalarga rejali texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradilar;
  • texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish «OrdaMed Servis» kompaniyasi mutaxassislariga geografik jihatdan yaqin joylashgan omborlarda ehtiyot qismlar va materiallarning standart zaxirasini yaratishga imkon beradi;
  • xizmatni oldindan rejalashtirish mutaxassislarning ish yukini hududlar bo‘yicha oldindan taqsimlashga imkon beradi;
  • uskunalar ishlamay qolsa, kafolatli taʼmirlashni so‘rab murojaat qilingan arizalar bir martalik taʼmirlashni so‘rab murojaat qilingan arizalardan oldin ko‘rib chiqiladi.

Bir martalik shartnomalar bo‘yicha kafolatdan keyingi taʼmirlashning bir afzalligi bor – bu uning oldingi variantga nisbatan kichik byudjet talab qilishidir. Ammo katta miqdordagi zaxira qismlarni shoshilinch yetkazib berish zarurati yoki xududda kerakli profil bo‘yicha mutaxassislarning yetishmasligi sababli taʼmirlash qiymati oshib ketishi natijasida, bu afzallik ahamiyatsiz bo‘lib qolishi mumkin. Ushbu xizmat varianti «OrdaMed Servis» tomonidan uskunaning arzonligi va ishlamay qolgan qurilmaning funksiyalarini bajaruvchi hamda xaridor uchun mavjud bo‘lgan analoglari bilan almashtirish ehtimoli bo‘lgan hollarda taqdim etiladi.

«OrdaMed Servis» kompaniyasining mutaxassislari uskunani maxsus ekspertizadan va texnik ko‘rikdan o‘tkazgandan so‘ng, kafolatdan keyingi xizmatning u yoki bu variantini tavsiya qiladilar.