Siz bilan yangi asboblarning o‘rnatilishi haqidagi yangiliklarni baham ko‘rmoqchimiz!

28 Ноябрь 2019

AKFA Medline- diagnostika, davolash va murakkab yurak, ginekologik, urologik, qon tomir, ortopedik operatsiyalar uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan Markaziy Osiyodagi eng yirik xususiy ko‘p tarmoqli markazdir.

JW-W2000 – isitish tizim bo‘lib u mikroprotsessor orqali (qo‘lda va avtomatik) boshqariladi. U reanimatsiya bo‘limlarida, tug‘ruqxonalarda va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘limlarida qo‘llaniladi. Parvarish va reanimatsiya paytida yangi tug‘ilgan chaqaloqning tana haroratini barqaror saqlab turadi.

Mikroprotsessor erta tug‘ilgan chaqaloqlarga sovuq havo tegishi va ularning shamollab qolishlarini oldini olish uchun haroratni aniq nazorat qiladi. Ushbu tizim sizga bemorni doimiy ravishda parvarish qilishni, shuningdek operatsiya xonasida intensiv davolanish holatlarida u bilan ishlashni ancha osonlashadi. Birlamchi isitish rejimida isitgich qiymati 15 daqiqa davomida 100% (30 mVt / sm ± 20%) da saqlanib, keyinchalik 20% (4,8 mVt / sm ± 20%) da saqlanib turadi. Teri rejimi yangi tug‘ilgan chaqaloqning tana harorati muvozanatini to‘g‘ri hisoblash orqali maqbul muhitni taʼminlaydi.

Katta matras yangi tug‘ilgan chaqaloqni tekshirishda barqarorlikni taʼminlaydi, krovatning bolani yiqilib tushishdan va yelvizakdan himoyalovchi to‘rtta devorlari mavjud.