Akademik V. Vaxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy markazi

07 Ноябрь 2018

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida yuqori malakali mutaxassis, “Surgicare Kazakhstan» kompaniyasi (“OrdaMed” kompaniyalari guruhiga kiradi) xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Tulegenov Duman Zoldigaliyevich, “OrdaMed” O‘zbekiston kompaniyasi xodimi  Bilalov Rifkat yordamida, Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan ikkita Reno-D50 (RENOSEM Co, Ltd.) past haroratli plazma sterilizatori taʼmirlandi va to‘liq texnik xizmat ko‘rsatildi.

Biz kelgusida samarali hamkorligimizning davom etishiga umid qilamiz va markaz xodimlariga uskunalar bilan oson va samarali ishlashlarini tilaymiz.

Reno-D50 past haroratli plazma sterilizatori haqida batafsil maʼlumotni bizning veb-saytimizdan topishingiz mumkin.