"HAYAT medical centre" klinikasini premium klass ultratovushli Samsung Medison RS85 tizimini sotib olgani bilan tabriklaymiz.

22 Октябрь 2018

Samsung Medison RS85 tizimi bilan ultratovush tekshiruvining cheksiz imkoniyatlari endi O‘zbekistonda!

MDH mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib Toshkentdagi «HAYAT medical centre» da sinov uchun Samsung Medison RS85 ultratovush diagnostikasi tizimi o‘rnatilganligini mamnuniyat bilan eʼlon qilamiz.

Samsung Medison RS85 ning innovatsion premium ultratovush tizimi,  diagnostika uchun zamonaviy ko‘rinish va innovatsion yondashuvni taqdim etadi.

Model radiologiya va onkologiya sohasidagi ultratovush tadqiqotlari uchun mo‘ljallangan. Samsung Medison RS85 tizimining o‘ziga xosligi bemorlarda saraton va yallig‘lanish jarayonlari xavfini erta aniqlashga imkon beradigan eng yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilganidir.

Shifokorlarning kasbiy mahorati, yuqori sifatli tibbiy yordam, xalqaro standartlarga muvofiq sifat - bemorlar uchun eshiklari doimo ochiq bo‘lgan «HAYAT medical centre» tibbiyot markazining asosidir.

Klinika manzili: Toshkent shahri, Qibray tumani, Mevazor ko‘chasi, 5/14, telefonlar: +998 (71) 2604455; +998 (98) 3128026.